Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Rektor bilan yuzma yuz...

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlarining V xalqaro olimpiadasi doirasida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti rektori, professor Kamalettin Aydın hamda Smolensk davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Kozlov Roman Sergeyevichlar bilan "Rektor bilan yuzma yuz" nomli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ochiq muloqot o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  Shuningdek, mehmon rektorlar tomonidan "Sog‘liqni saqlash tizimida fanlararo hamkorlik: mutaxassislarni tayyorlashning yangi modeli", "Antibiotiklarga qarshilikni nazorat qilishda raqamli texnologiyalar" kabi mavzularda qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi.


SamDTU Matbuot xizmati