Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida talabalar turar joyida Zakovat o‘yini o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida fakultetlarda bir qator tadbirlar va musobaqalar o‘tkazilib kelinadi.

  Jumladan, joriy yilning 25-aprel kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida joriy yilning Stomatologiya fakulteti tashabbusi bilan Yoshlar Ittifoqi fakultet koordinatori hamkorligida Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 3-sonli Talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini hamda talabalar uchun ehson oshi tashkil etildi.

  "Zakovat" intellektual o‘yinida 20 ta jamoa ishtirok etib, o‘yin Bring ring tarzida olib borildi. Finalda 1 chi o‘rinni egallagan "Team Invictus" jamoasi 500 000 so‘m pul mukofoti bilan, 2 chi o‘rinni egallagan ’Anklav" jamoasi esa 300 000 so‘m pul mukofoti bilan hamda 2 ta jamoadan 1 nafardan ishtirokchi "Eng bilimdon yigit" va "Eng bilimdon qiz" nominatsiyasi bo‘yicha ham 100 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.


SamDTU matbuot xizmati