Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand viloyat dorivor o‘simliklar va ulardan tayyorlangan dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalar ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 22-maydagi PQ -251 – son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand viloyat dorivor o‘simliklar va ulardan tayyorlangan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ko‘rgazma yarmarkasi” tashkil etildi.

  Ko‘rgazmada dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi o‘rmon va fermer xo‘jaligi tashkilotlari, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar  ishtirok etdilar.

  Ko‘rgazma doirasida SamDTU Farmatsiya fakulteti qoshida tashkil etilgan dorixonada talabalarning o‘quv-amaliyoti jarayonlari va Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakulteti xodimlarining dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha ilmiy ishlanmalari namoyish etildi.

  Tashkil etilgan ko‘rgazmadan maqsad O‘zbekiston sharoitida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar orasida keng qamrovli kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, dorivor o‘simliklar afzalliklarini aholi va shifokorlar orasida keng targ‘ib qilish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashda ilm-fan yutuqlarini tatbiq qilishni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.


SamDTU matbuot xizmati