Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqandda Navro‘z bayrami shodiyonalari nishonlanmoqda

  Xalqimiz ko‘klamga chiqishi bilan bahorning eng go‘zal va qadriyatga aylanib qolgan yosharish va yangilanish bayrami Navro‘zi olamni nishonlaydi. Bu yil ham 21-mart – Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab bayram sayllari tashkil etilmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida ham bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan shaharning markaziy ko‘chalari, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i Navro‘z shukuhi hamda bayramona kayfiyatdagi yurtdoshlarimiz bilan to‘lib toshdi.

  Katta bayramona saylda konsert tomoshalari, xalq o‘yinlari hamda milliy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, bir qator tashkilot va muassasalar, oliygohlar ham bayramda ishtirok etdilar. Shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham bayram dasturida faol ishtirok etib, o‘zining milliy qadriyatlar va urf-odatlarimiz aks etgan chiqishlari, milliy taom va liboslar ko‘rgazmalari, bayramona kuy-qo‘shiqlari bilan hamyurtlarimizga yuqori kayfiyat ulashdi.

  Bayram sayliga Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham tashrif buyurib, barchani kirib kelayotgan Navro‘z bilan tabrikladi.



SamDTU matbuot xizmati