Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU xodimlari "FOR21" loyiha dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Leeds Universitetiga tashrif buyurdilar

  Joriy yilning 3-10-mart kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyaning Leeds shahrida joylashgan Leeds Universitetiga tashrif buyurdilar. "FOR21" loyihasi doirasida amalga oshirilgan tashrif davomida SamDTU xodimlari Buyuk Britaniyaning eng yirik universitetlaridan biri hisoblangan hamda jahon va Yevropa reytinglarida yuqori o‘rinlarda turuvchi oliy ta’lim muassasasi faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, kutubxona va undagi adabiyotlar ham ko‘zdan kechirildi.

  Tashrif davomida "FOR21" loyiha dasturi va unga doir ma’lumotlar tinglanib, tahlil qilindi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, loyihaning maqsadi shifokor va bemor o‘rtasidagi aloqani yaxshilashga qaratilgan ta’lim strategiyalari, kommunikativ kompetensiyalarni yaratish bo‘yicha o‘quv dasturlari va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat. "FOR21" loyihasi to‘qqizta oliy o‘quv yurtidan iborat konsorsium bo‘lib, ulardan 3 tasi Yevropa, 2 tasi Rossiyadan, 2 tasi O‘zbekistondan va 2 tasi Qozog‘istondan iborat.

  Loyihaning 2023-yilda amalga oshirilgan maqsad va vazifalari, yutuqlari e’tirof etildi. Loyiha bo‘yicha yakuniy hisobot tinglanib, kelgusi vazifalar belgilab olindi. Loyiha Ishida SamDTU delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Lids universiteti rahbariyati, xususan, loyihaning bosh koordianti, professor Anna-Mari Riids, professor J. A. Rizayevga hamkorlik uchun katta minnatdorchiligini izhor etib, munosabatlarni yanada rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.


SamDTU matbuot xizmati