Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi

  Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilar, talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

  Shu shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish, nomzodlar uchun kerakli hujjatlar va nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig'i Umida Payzullayeva tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

  Bunda talabalarga nizom asosida qanday hujjatlarni topshirilishi, saralash bosqichlari qay tarzda o‘tkazilishi, ilmiy ishlarni qanday tartibda olib borilishi, ilmiy to‘garaklarning ahamiyati hamda talabalarning olib borilishi kerak bo‘lgan faoliyatlari xakida ma’lumotlarni yoritish ishlari olib borilmoqda. Talabalar ma’lum bir motivatsiyaga ega bo‘lib, o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarga javob olmoqdalar.



SamDTU matbuot xizmati