Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Moliyaviy savodxonlikka qaratilgan tadbir tashkil etildi

  “15-mart Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni” munosabati bilan  Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida Moliyaviy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

  Tadbirda Samarqand viloyat Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari A.Yoqubov, SamDTU jtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova, tyutor va talabalar ishtirok etdi. 

  A.Yoqubov oʻz soʻzida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlik masalalari boʻyicha yoshlarga tushuntirishlar berib oʻtdi. Xususan, fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi asosiy Qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni  bilan belgilab qoʻyilganligini aytib oʻtdi.

  Shuningdek, moliyaviy savodxonlik mavzusidagi taqdimot materiallari bilan tanishtirdi hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, isteʼmolchi va sotuvchining (ijrochi, ishlab chiqaruvchining) asosiy huquq va majburiyatlari haqida maʼlumot berdi.

  Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tarixi, tashkil etilishi hamda asosiy vazifalari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

  Tadbir davomida iste’molchilar huquqlariga doir muhim ma’lumotlar va iste’mol madaniyati haqida kerakli tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



SamDTU matbuot xizmati