Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Pediatriya fakultetining iqtidorli talabalari taqdirlandi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti talabalari bilan fakultet dekani uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bugungi kunga qadar fakultetda amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilinib, suhbat tashkil etildi.

  Shuningdek, tadbirda fakultetda o‘qishi davomida tengdoshlari orasida o‘zining iqtidori va faol yaratuvchanligi,izlanuvchanligii hamda fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi bilan 2022-2023-o‘quv yili davomida fakultet miqyosidagi “YIL TALABASI” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ularning ota-onalariga ham tashakkurnomalar topshirilldi.

  Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan "Hoji Tam-Tam hangomalari" nomli sahna ko‘rinishi namoyish etildi.


SamDTU matbuot xizmati