Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida

  Millat va xalqning ma’naviyatini, fikrlashini boyitadigan eng muhim omillardan biri bu teatrdir. Teatr tomoshabinga o‘zgacha kayfiyat, ruhiyat va ma’naviy ozuqa baxsh etadi.

  Joriy yilning 12-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Tibbiy profilaktika fakulteti va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDTU boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida” nomli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mexri Xakimova hamda teatr aktyorlari Behruz Qurbonaliyev, Shoxsanam Obloqulovalar ishtirok etdilar.

  Uchrashuv davomida mehmonlar talabalarga teatr va uning ahamiyati, undan olish mumkin bo‘lgan ulkan ma’naviy ozuqa haqida, shuningdek, milliy teatrimizning o‘tmishi va buguni haqida qimmatli hamda qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tdilar.

  Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning teatr haqidagi fikr va mulohazalari tinglandi. Yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

  Uchrashuv so‘nggida mehmonlarga yoshlarni teatr san’atiga qiziqishlarini yanada oshirishga qo‘shayotgan hissasi va Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrifi uchun tashakkurnomalar topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati