Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari “Butunjahon yoshlar festivali 2024” da ishtirok etmoqda

    Ayni kunlarda Rossiya federatsiyasining Sirius federal hududida “Butunjahon yoshlar festivali” boʻlib oʻtmoqda.

    Festivalda biznes, ommaviy axborot vositalari, xalqaro hamkorlik, madaniyat, fan, taʼlim, koʻngillilik va xayriya, sport, jamiyat hayotining turli jabhalari kabi yoʻnalishlar boʻyicha 20 ming nafar rossiyalik va chet ellik yoshlar, shuningdek, turli bolalar tashkilotlari va uyushmalari vakillaridan iborat oʻsmirlar ishtirok etmoqda. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 9 nafar bakalavr hamda 2 nafar magistratura bosqichi talabalari ham festivalda ishtirok etmoqdalar.

    7-martga qadar davom etishi rejalashtirilgan festival doirasida ishtirokchilar 30 dan ortiq turli dasturlarda ishtirok etib, oʻz bilim va salohiyatlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, tashkil etilayotgan “Butunjahon yoshlar festivali 2024” turli davlat, millat va elatlar oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik aloqalarining yanada rivojlanishiga ham xizmat qiladi.


SamDTU matbuot xizmati