Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Akademik va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Joriy yilning 1-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida yurtimiz ilm-fan sohasiga katta hissa qoʻshib kelayotgan akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Tangirov Eldor Sayfullaevich, universitet professor-oʻqituvchilari hamda faol talabalar ishtirok etdilar.

    Tadbir davomida akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi mashaqqatlari va mehnatlari haqida talabalarga soʻzlab berdi. Shuningdek, oʻz ilmiy ishlari haqida talabalarga qiziqarli maʼlumotlar berib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berib oʻtdi. Akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan qulayliklar va ilm sohasidagi imkoniyatlar haqida soʻz yuritib, talaba yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatlarda unumli foydalanishga chaqirdi.

    Shuningdek, mehmon bilan universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurilib, Samarqand davlat tibbiyot universitetining tarixi va buguni bilan tanishtirildi. Uchrashuv yakunida akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevichga Yurtimizda ilm-fan sohasida malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda qoʻshayotgan fidokorona hissasi, koʻp yillik samarali va halol mehnatlari hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorligi uchun Tashakkurnoma taqdim etildi.



SamDTU matbuot xizmati