×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ortodontik bemorlarning raqamli texnologiyalar yordamidagi kompleks diagnostikasi” mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi

  Joriy yilning 15-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Rossiya tibbiyot universitetidan Kaplan Daniil Borisovich ishtirokida “Ortodontik bemorlarning raqamli texnologiyalar yordamidagi kompleks diagnostikasi” mavzusidagi vebinar tashkil etildi. Vebinarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ochib berib, tashkil etilayotgan mazkur oʻquv seminarining ahamiyati haqida taʼkidlab oʻtdi.

  Mavzu yuzasidan taqdimot hamda maʼruzalar tinglanib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

  Shuningdek, seminar davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor, Jasur Rizayev tahririyati ostida tarjima qilib, taqdim etilgan Kaplan Daniil Borisovichning “Ortodontiya” nomli oʻquv qoʻllanmasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda qoʻllanmaning talabalar va barcha ilmiy izlanuvchilar uchun qulaylik taraflari haqida soʻz yuritildi.


SamDTU matbuot xizmati