Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Turkiyaning Pamukkale universiteti oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatildi

      Joriy yilning 11-13-yanvar kunlari Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Xalqaro termal salomatlik turizm forumi” boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi va muvaffaqiyatli qoʻllanilish misollarini baham koʻrishga qaratilgan xalqaro termal Sogʻliqni saqlash turizm forumi sektor muammolariga innovatsion va barqaror yechimlar ishlab chiqaradigan va tarmoq hamkorligi uchun keng qamrovli platforma yaratadigan muhitni taqdim etadi, termal sogʻliqni saqlash turizmi sohasidagi soʻnggi ishlanmalarni almashish, tajriba oʻtkazish va kelajakdagi hamkorlik qilish imkonini beradi.

      Xalqaro forumda jahonning bir qancha mamlakatlarining sogʻliqni saqlash muassasalari qatori Samarqand davlat tibbiyot universiteti vakillari ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida SamDTUning Jamoat salomatligi texnikumlari va akademik litsey boʻyicha prorektori Aziz Kubayev hamda Pamukkale universiteti rektori, professor, Ahmet Kutluhan bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonlama hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.

      Memorandumga ko’ra kelgusida ikki muassasa oʻrtasida oʻzaro hamkorlikda talabalar va professor-oʻqituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini yuritishni tashkiil etish, magistr va klinik ordinatorlarning akademik mobillik o’tash dasturlarini amalga oshirish, taʼlim jarayonlarini tashkil etishda oʻzaro hamkorlikda ishlashga kelishildi.

      Maʼlumot oʻrnida aytish joizki Pamukkale universiteti 1957-yilda Denizli shahrida dastlab oddiy maktab sifatida tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik katta taʼlim universitetiga aylangan. Pamukkale universiteti Turkiyaning eng taniqli davlat universitetlaridan biri hisoblanib, hozirgi kunda oliygohda 45000 talaba va 1400 rezident mavjud.



    SamDTU matbuot xizmati