×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “BMT modeli” mavzusida Anjuman tashkil etildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikdaBMT modelimavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada turli oliy oʻquv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar anjuman doirasida oʻz bilim va koʻnikmalari, gʻoyalari hamda turli global muammolar yuzasidan fikr va mulohazalarini oʻrtoqlashish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  Shuningdek, talabalar oʻzaro muloqot qilgan holda dunyoqarashlarini kengaytirish hamda yangi doʻstlar orttirish imkoniyatiga ham ega boʻldilar. Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki BMT modeli anjumani ishtirokchilarga ular olgan sertifikatlari shaxsiy rezyumlarida qobiliyatlari (omma oldida nutq soʻzlash, faol boʻlish, fikringizni toʻgʻri ifoda etish kabi qobiliyatlar) haqida koʻproq maʼlumot beradi. Bundan tashqari, ushbu sertifikatlar amaliyot (Nyu-York, Vena, Jeneva, Nayrobi, Gaaga kabi shaharlarda chet elda BMT stajirovkalari), ish oʻrinlari va chet elda oʻqish dasturlari uchun ariza berish uchun ishlatiladi, ular koʻpincha koʻrib chiqish uchun rezyumeni talab qiladi.

  Konferensiyada talabalar oʻzlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

SamDTU matbuot xizmati