×
Menu
Close Menu

“GANO SHIFO” MCHJ tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi

  Bugun, 23-noyabr kuni Bir necha yillardan buyon O’zbekiston tibbiyoti hamda xalq tabobati sohasida xalqimiz ishonchiga sazovor bo’lib kelayotgan shifobaxsh ozuqaviy preparatlar hamda gigiyenik vositalar ishlab chiqaruvchi “GANO SHIFO” MCHJ kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda “GANO SHIFO” MCHJ tashkilotining yurtimizdagi bir qator vakillari hamda Malayziyadan tashrif buyurgan Immunolog olim, “GANO EXCEL” korporatsiyasining maxsulotlar bo’yicha mutaxassisi, janob Chong Kva Xo ishtirok etib, yig’ilganlarga kompaniya va unda ishlab chiqariladigan ozuqaviy hamda dori vositalari haqida ma’lumot berib o’tdi. Xususan, “GANO EXCEL” korporatsiyasining tashkil etilishi, kompaniyaning maqsad va vazifalari, ishlab chiqiqlgan ozuqaviy preparatlar va ularning inson salomatligi profilaktikasidagi ahamiyati to’g’risida fikr bildirilib, bir qancha statistik ma’lumotlar namoyish etildi.

  Shuningdek, kompaniya mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, uning jahon bozoriga kirishi, O’zbekistonda kompaniya filiallari va qadoqlash korxonalarining tashkil etilishi, kompaniyaning kelajakdagi rejalari borasida fikr almashinildi. Yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.


SamDTU matbuot xizmati