×
Menu
Close Menu

Interoperatsion ultratovushli neyronavigatsiya usuli amaliyotga tadbiq etildi

  UTT – ultratovush to'lqinlari yordamida inson tanasini noinvaziv tekshirish usulidir. UTT apparati ultratovush toʻlqin generatori va ultratovush sensoridan iborat. Shuningdek, tekshirish vaqtida sensorga surtish uchun ultratovush emertsion gelidan foydalaniladi.  

  Joriy yilning 18-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Koʼp tarmoqli klinikasining Neyroxirurgiya boʼlimida Rentgen-radiologiya bo`limi shifokorlari bilan birgalikda ilk marta ultratovush tekshiruvi (UTT) apparatidan intraoperastion neyronavigatsiya sifatida foydalanildi. Bosh miyaning peshona bazal sohasida joylashgan intraserebral o`smani olish operatsiyasida UTT apparatidan neyronavigatsiya sifatida foydalanilib, o`smaning qolgan qismlari aniqlandi va maksimal total olishga erishildi.

  Kelgusida Klinikaning Rentgen-radiologiya bo`limi shifokorlari bilan hamkorlikda intraserebral hajmli jarayonlar tufayli o`tkaziladigan operatsiyalarda UTT apparatidan neyronavigatsiya sifatida foydalanish, ushbu navigatsiya usulini keng amaliyotga tadbiq etish rejalashtirilgan.


SamDTU matrbuot xizmati