Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​SamDTUda “UTT innovatsiya: tovush va fanni birlashtirib” xalqaro seminari boʻlib oʻtdi

      16-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetidaUTT innovatsiya: tovush va fanni birlashtiribxalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Seminardan maqsadultratovush diagnostikasi, elastografiyasi sohalaridagi ilmiy yangiliklarni tahlil qilish, UTT innovatsiyalarini va tibbiyot sohasidagi yangi zamonaviy texnologiyalardan amaliyot shifokorlarini xabardor qilish boʻldi.

      Xalqaro seminarda universitet professor-oʻqituvchilari, radiologiya va nurli diagnostika boʻyicha tahsil olayotgan klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari, Samarqand viloyati va shahri tibbiyot muassasalarining shifokorlari faol ishtirok etdilar.

      Tadbirni ochilishida barcha ishtirokchilarga kun tartibi va tashrif buyurgan mehmonlar haqida qisqacha maʼlumotlar berildi. Seminarning asosiy qismida Uzluksiz kasbiy taʼlim Rossiya tibbiyot akademiyasi vakillariprofessor Vladimir MitkovJigar ultratovush elastometriyasi”, “Jigar ultratovush steatrometriyasimavzularda, dotsent Mina Mitikova ultratovush diagnostikasiga bagʻishlangan maʼruza bilan chiqish qildi.

      Shuningdek, xalqaro seminar davomida professor V.V.Mitkov tomonidanJigar ultratovush elastometriyasimavzusida master-klass ham oʻtkazildi. Uning davomidaMindraykompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan UTT apparatida ishtirokchilarga jonli tarzda amaliyotlar namoyish qilindi.

      Seminarning savol-javob va qismida oʻrtaga tashlangan bir qator masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi va yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Seminar soʻnggida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.




    SamDTU matbuot xizmati