Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar oldi

  Mamlakatimizda mahallalar istiqomat qiladigan, biriktirilmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlashga katta eʼtibor berilmoqda.

  Joriy yilni 11-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Samarqand shahriningGalaosiyo”, “RegistonvaToshkentmahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiladigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʻlgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdilar.

  Uchrashuvlarda mahalla yigʻinlari faollari, yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazildi, yoshlarning muammo va qiynayotgan masalalari tinglandi, bildirilgan taklif va murojaatlari koʻrib chiqildi. Rektor tomonidan mutasaddilarga mazkur yoshlar vakillariga tizimli ravishda koʻmaklashish borasida vazifalar va topshiriqlar berildi.

  Shuningdek, uchrashuvda SamDTU rektori Jasur Rizayev tomonidan yoshlarga kitoblar jamlanmasi hamda boshqa esdalik sovgʻalari topshirildi.




SamDTU matbuot xizmati