Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Sankt-Peterburg (RF) gubernatori qarorgohida tibbiy ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi

      Rossiya Federatsiyasiga tashrif doirasida, Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi shimoliy poytaxt – Sankt-Peterburg shahrida bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

      Sankt-Peterburg gubernatorining “Smolniy” davlat qarorgohida, rektor Jasur Rizaev boshchiligidagi SamDTU delegatsiyasining Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Oleg Ergashev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi Dmitriy Lisovets, I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Saiganov, SamDTUni akademik litsey va tibbiyot texnikumlari bo‘yicha prorektori Aziz Kubaev ham ishtirok etdi.

      Muzokaralar davomida, Sankt-Peterburg bilan sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, xususan, tomonlar Samarqand va Rossiya o‘rtasidagi tibbiy ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik sur’atlarini oshirish va kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar. Vitse-gubernator O‘.Ergashev Shimoliy poytaxtda tibbiyot va farmatsevtika sanoatining innovatsion klasteri muvaffaqiyatli rivojlanayotgani, uning korxonalarida 250 turga yaqin dori vositalari, diagnostika va laboratoriya jihozlari, davolash tibbiy asbob-uskunalari, tibbiyot muassasalari uchun dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalari ishlab chiqarilayotganini ta’kidladi, oʻzbekistonlik hamkasblarini qoʻshma ilmiy va taʼlim loyihalarini amalga oshirishga jalb etish, qoʻshma tashabbus va takliflarni muhokama qilishdan manfaatdor ekanligini bildirib o‘tdi.

      Shuningdek, SamDTU delegatsiyasini I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Saiganov bilan olib borilgan muzokaralarda, mintaqadagi tibbiyot texnikumlarini transformatsiya qilishda Rossiya tomonini ko‘maklashishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ham kelishib olindi.




    SamDTU matbuot xizmati