Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Xorijlik mutaxassis “Paradont kasalliklarini davolashda anʼana va innovatsiyalar” mahorat darsini oʻtkazdi

  13-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakultetining “Ogʻiz boʻshligʻi jarrohligi va dental implantologiya” kafedrasida Durr Dental (Germaniya) hamda “De factum Education” oʻquv markazi hamkorligida “Paradont kasalliklarini davolashda anʼana va innovatsiyalar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.Maʼruzata stomatologiya fakultetini talabalari va professor oʻqituvchilari ishtirok etdilar. 

  Mahorat darsini spikeri sifatida chiqish qilgan t.f.n. Yekaterina Loboda ishtirokchilarga paradont kasalliklari etiologiyasi va patogenezi, diagnostikasi, paradont toimasi holatini baholash, “Vector” ultratovush sistemasi, “Vector” ultratovush apparatidan foydalanish, klinik holatlar muhokamasi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. 

  Maʼruza soʻnggida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.



SamDTU matbuot xizmati