Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​SamDTUda uch tomonlama taʼlim konsorsiumini tuzish boʻyicha muzokaralar olib borildi

      23-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida I. Kant nomidagi Baltika federal universiteti (Rossiya) va Education University of Hong Kong delegatsiyalari tashrifi amalga oshirildi. Muzokaralar SamDTUdagi Baltika federal universitetini vakolatxonasida oʻtkazildi.

      Tashrifdan asosiy maqsad oliygohlar oʻrtasida hamkorlikni muhokama etish hamda uch tomonlama taʼlim konsorsiumini tuzish boʻldi. Oʻtkazilgan muzokaralarda SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev, BFU rektori, professor Aleksandr Fedorov boshchiligidagi delegatsiya vakillari va Education University of Hong Kong prezidenti, professor Stephen Cheung rahbarligidagi universitet vakillari ishtirok etdilar.

      Uchrashuv davomida SamDTU, BFU va Education University of Hong Kong oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻnalishlari, uch tomonlama taʼlim konsorsiumini tuzish masalalari muhokama etildi. Shu jumladan, SamDTUda BFU bilan hamkorlikda — “Bioinjeneriya va biotexnologiyayoʻnalishi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini muvofiqlashtirish va 2023-2024 oʻquv yilida oʻqituvchilar akademik mobilligi dasturini amalga oshirish, Education University of Hong Kong bilanoliygohlar oʻrtasida akademik mobillik dasturini amalga oshirish, hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan ilmiy nashrlar chop etish kabi muhim masalalar muhokama etildi.

      Shuningdek, amaliy tashrif davomida BFU va Education University of Hong Kong delegatsiya aʼzolariga SamDTUda oʻquv jarayonni tashkil etilishi hamda universitet tarixi muzeyi bilan tanishishga imkoniyatlar yaratildi.




    SamDTU matbuot xizmati