Ayni damda Amerika Qoʻshma Shtatlarida rasmiy tashrif bilan Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida delegatsiya tashrifi boʻlmoqda.
Tashrif doirasida Amerikaning qator taʼlim muassasalarini respublikamiz tibbiyot oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Shuningdek,Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori prof. Jasur Rizayev Janubiy Karolina tibbiyot universiteti (MUSC) bilan oliy tibbiy taʼlim, paramediklar tayyorlash va hamshiralar tayyorlash dasturlarini isloh qilish boʻyicha kelishildi.
1824 yilda Charlestonda tashkil etilgan Janubiy Karolina tibbiyot Universiteti (MUSC) Qoʻshma Shtatlar janubidagi ilk tibbiyot maktabi, shuningdek, taʼlim, tadqiqot va bemorlar orqali davlatga xizmat koʻrsatishga ega boʻlgan yagona integratsiyalashgan akademik sogʻliqni saqlash tizimidir. Har yili MUSCda 3000 dan ortiq talabalar va 850 nafar rezidentlar va stipendiantlar oltita kollejida stomatologiya, magistratura, tibbiyot kasbi, tibbiyot, hamshiralik ishi va farmatsiya tahsil olishadi. 2022-yilda US News & World Report sakkizchi marotaba MUSCni Janubiy Karolinadagi MUSC 1-raqamli Klinika deb nom berdi.
Delegatsiyaning AQShga tashrifi davom etmoqda.
SamDTU matbuot xizmati