Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Polsha universitetlari bilan hamkorlikni yangi bosqichi

  Joriy yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston va Polsha Respublikalarining  oliy taʼlim muassasalari rektorlarining forumi boʻlib oʻtdi. 

  Ushbu Forum doirasida 28-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Polshaning qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda xalqaro IREG - Akademik reytinglar tashkilotining ekspertlari tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Polsha oliy o’quv yurtlari bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan turli muzokaralar o’tkazildi.

  Xususan Sileziya tibbiyot universiteti rektori Tomasz Szczepański va Slupskdagi Pomorsk Akademiyasi rektori Zbigniew Osadowskiylarning  universitetimiz rektori Jasur Rizayev bilan ikki tomonlama muzokaralari bo’lib o’tdi.

  Mazkur muzokaralar natijasida universitetimiz va Polsha oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida kadrlar tayyorlash, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, oʻqituvchilar va talabalarning akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi, shuningdek Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Pomorsk Akademiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.  

  Polshaning 9 ta oliy ta’lim muassasalari vakillarining universitetga tashrifi doirasida “Study in Poland” (“Polshada oʻqish”) taʼlim yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Unda Samarqand davlat tibbiyot universitetining akademik litseyi, tibbiyot kollejlari, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari va umumtaʼlim maktablarining 3,000 dan ortiq bitiruvchilari katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. 

  Yarmarkada Polsha oliygohlari tomonidan xorijiy talabalarga moʻljallagan taʼlim dasturlari taqdimoti oʻtkazildi. Hozirgi kunda mamlakatimiz yoshlarining Polshada taʼlim olishlari, u yerda talabalar uchun ajratilgan mukofotlarga ega boʻlish imkoniyatlarining mavjudligi juda quvonarli holdir.




SamDTU matbuot xizmati