Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Sharqona oila odobi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari bo‘yicha davra suhbati

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litseyida milliy urf-odatlarimiz, sharqona odob axloq, qizlarga xos goʻzal xulqli boʻlishni targʻib etish, erta va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar, ularning salbiy oqibatlarini oldini maqsadida “Sharqona oila odobi, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari” mavzusida mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida litsey xotin-qizlari vakillari va oʻquvchi-qizlari ishtirok etdilar.

    Mutaxassislar tomonidan aholi va yeshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatni yanada oshirish xamda yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohlar, ularning salbiy oqibatlarini oldini olish toʻgʻrisida tushunchalar berildi, bu borada olib borilayotgan tizimli ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirildi.

    Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.


SamDTU matbuot xizmati