Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTU rektori liderlik asoslari boʻyicha maʼruza qildilar

  16 - mart kuni Oʻzbekiston tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarining II Forumi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayevning “Lider — bu kim?” mualliflik maʼruzalari boʻlib oʻtdi. Forum doirasida kelgan oliy taʼlim muassasi talabalari, universitet professor-oʻqtuvchilari, universitetni aksariyat talaba-yoshlari maʼruzani tinglovchisiga aylandilar.

  Master-klass davomida Jasur Alimjanovich Rizayev oʻzlarining hayot yoʻllarini, duch kelgan qiyinchiliklar, zamonaviy rahbarga qoʻyilayotgan talablar borasida soʻz yuritdilar. Maʼruza davomida lider boʻlish, lider yoxud yetakchi, liderlik nima, kimni lider deb atash mumkin, lider tugʻmami yoki liderga aylanadimi, haqiqiy liderni fazilatlari kabi masalalar va savollar muhokama qilindi. Yakunida maʼruzachi tushgan savollarga batafsil javoblarni qaytardilar.

  Maʼruza norasmiy va samimiy, ochiq suhbat shaklida oʻtkazildi va barcha tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.

SamDTU matbuot xizmati