Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU Akademik litseyida Navroʻz sayli

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litseyida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Navroʻz sayli” boʻlib utdi.

  Tadbirda SamDTU professor-oʻqituvchilari, litsey jamoasi, talabalar, litsey oʻquvchilari faol ishtirok etdilar.

  Navroʻz saylida universitet rektori professor J.A.Rizayev ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini tobora yaqinlashib kelayotgan yangilanish, poklanish, yasharish bayrami Navroʻzi olam bilan muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirdi.

  Navroʻz sayli davomida ishtirok etayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida milliy taomlar, milliy liboslar, doʻppi tikish, zardoʻzlik, kashtachilik boʻyicha tanlovlar va sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

  Universitetni “Yuqumli kasalliklar” kafedrasi jamoasi tomonidan milliy taomlar, pishiriqlar bilan bayramona dasturxon bezatilib, doshqozonda palov tayyorlanib, dasturxonga tortildi.

  Iqtidorli talaba-yoshlar va oʻquvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar barchaga bayram zavqi va tarovatini baxsh etdi.


SamDTU matbuot xizmati