Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Butunjahon iste’molchilar kuniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  9 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi o‘quv binosini konferens-zalida “15 mart - Butunjahon iste’molchilar kuni”, “Inson huquqlari”ga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish ko‘mitasining Samarqand viloyat xududiy boshqarmasi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

  Uchrashuvni SamDTU Ijtimoiy va gumanitar fanlar kaferasi mudiri Aziza Maxmudova ochib berib iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish masalasini tarixiy evolyusiyasi va zamonaviy qonunchilikdagi asoslari haqida batafsil gapirib berdilar. Tadbirda chiqish qilgan raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish ko‘mitasining Samarqand viloyat xududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Joxongir Ashurov, boshqarmaning mas’ul xodimlari Abdug‘ani Saidov va Mardon Karimovlar mamlakatimizda inson huquqlarini ajralmas qismi bo‘lgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikdagi yangiliklar, xayotdan olingan real “keyslar” misolida masalani yoritib berdilar. Iste’molchilar huquqlari va shu bilan birga ularning vazifalari notiqlar tomonidan alohida ta’kidlandi.

  Tadbir jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi, berilgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytarildi.



SamDTU matbuot xizmati