Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​SamDTUda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

      27 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan “Masʼuliyatli kasb egalarimiz!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi Samarqand shahar apparat rahbari, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Fazliddin Payzullayev, 1-son davolash fakulteti dekan oʻrinbosari Muhammadiso Zaripov, universitet Yoshlar yetakchisi Xojimuhammad Abbasov, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

      Suhbat jarayonida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan keng eʼtibor, barcha sohalarda yoshlarning oʻrni, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlanayotgani xususida alohida toʻxtalishi. Chiqishda partiya tomonidan olib borilayotgan islohotlar, bugungi kunda tutgan oʻrni, partiyaga qanday aʼzo boʻlishi va uning faol targʻibotchisi boʻlishi, qolaversa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, tadbirkorni rivojlantirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalar hamda yoshlarni siyosiy bilimlarini mustahkamlashga alohida toʻxtalib oʻtishdi.

      Uchrashuv jonli muloqot tarzida, munozaralarga boy boʻldi.


    SamDTU matbuot xizmati