Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda “Biz Beruniy avlodlarimiz” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

  Joriy yilning 13-fevralida Samarqand davlat tibbiyot universitetida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy maʼrifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan hissasini o'rganishga qaratilgan "Biz Beruniy avlodlarimiz” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi S.Muxiddinov, Akademik litsey direktor oʻrinbosari F.Mamatqulov, ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova, assistenti G. Tursunovalar bevosita ishtirok etdilar.

  Tadbirda ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, ilmiy asarlari haqida maʼlumotlar berilib, videoroliklar namoyish etildi.

  Shuningdek, Stomatologiya va Tibbiy pedagogika fakultetlarining birinchi bosqich talabalari tomonidan Abu Rayhon Beruniyning falakiyot, riyoziyot, ilohiyot, fizika, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan olim boʻlganligi hamda ushbu fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshganligi haqida qimmatli maʼlumotlar berib oʻtildi.



SamDTU matbuot xizmati