Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi

  Giyohvandlik va psixotrop moddalarga tobelik inson va jamiyat uchun katta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi sir emas. Bu illatga qarshi kurashish esa barchaning masʼuliyati hisoblanadi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlariga bagʻishlangan seminar uchrashuvi oʻtkazildi. Tadbirda universitet rektorati va dekanat vakillari, Samarqand viloyat prokuraturasi xodimi J.Qosimov, SamDTUga biriktirilgan profilaktika inspektori O.Eshmurotov, universitet psixologi, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda fakultetlar talabalari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvni SamDTU yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori E.S.Tangirov kirish soʻzi bilan ochib berib kun tartibidagi masalalarni eʼlon qildi. Soʻzga chiqqanlar giyohvand moddalarni isteʼmol qilish, ularga tibbiy va maʼnaviy tomondan insonga zararli tomonlari haqida maʼlumotlar berdilar. Samarqand viloyat prokuraturasi xodimi J.Qosimov giyohvand vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish va oldini olish, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning zarari haqida talaba-yoshlarga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

  Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar eʼtiboriga mavzuga oid videorolik va taqdimotlar namoyish etildi.




SamDTU matbuot xizmati