×
Menu
Close Menu

​“Qon topshir, hayot inʼom et!” xayriya aksiyasi SamDTUda davom etmoqda

 Qon inson organizmidagi eng muhim elementlardan biri hisoblanib u organizmda zarur ozuqa va kislorodlarni tashish, tartibga solish hamda himoya qilish vazifalarini bajaradi. Baxtsiz hodisalar va turli kasalliklar tufayli qon yoʻqotish natijasida qon quyish zarurati paydo boʻladi hamda donorlarga ehtiyoj tugʻiladi. Donor soʻzi lotinchadan tarjima qilganda “tuhfa qilmoq” degan maʼnoni anglatadi. Chunki donor oʻz qonini berish orqali jamiyatdoshining hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.

  Donorlikdek sharafli vazifani sogʻlom insonlar oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Qon topshir — hayot inʼom et!” xayriya aksiya davom etmoqda. Universitet rektori J.A.Rizayev boshchiligida prorektorlar, klinikalar rahbarlari, dekanlar, boʻlim boshliqlari va faol talaba-yoshlar aksiyada faol ishtirok etdilar.

  Tadbirda respublikamizda donorlik qoniga talabning yuqori ekanligi, donorlik qilish shartlari hamda tartib qoidalari haqida ham atroflicha toʻxtalib, uning sharafli vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.



SamDTU matbuot xizmati