Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Qon topshir — hayot inʼom et!” xayriya aksiyasi boshlandi

  3-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining Maʼnaviyat boʻlimi, yoshlar ittifoqining faol talabalaridan iborat koʻngillilar guruhi Samarqand viloyat qon quyish Markazida begʻaraz donor sifatida qon topshirdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti tarkibida ikkita klinika faoliyat koʻrsatib, ayni paytda ularda qator murakkab jarrohlik operatsiyalari, shuningdek, tugʻruq amaliyotlari oʻtkaziladi. Bu jarayonlarda esa, tabiiyki, qon zaxiralariga ehtiyoj katta.

  Viloyatda donorlik qoniga ehtiyoji boʻlgan koʻplab bemorlar borki, ushbu xayriya aksiyasi ortidan ularning ham mushkuli oson boʻlib, sogʻlom hayotga qaytishiga umid uygʻonadi.

  Bu kabi xayrli amallarning mamlakatimiz boʻylab keng yoyilishida har bir fuqaro oʻz hissasini qoʻshishi mumkin.

  “Qon topshir — hayot inʼom et!” xayriya aksiyasi joriy yilning mart oyi oxirigacha davom etadi.








SamDTU matbuot xizmati