Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet talabalarini Harbiy tibbiyot akademiyasi vakillari bilan uchrashuvi oʻtkazildi

  2020-yil 20-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4870-son qaroriga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilingan. Akademiyaning asosiy vazifasi zamonaviy talablarga javob beradigan harbiy tibbiyot kadrlarni tayyorlashdan iborat.

  Harbiy tibbiyot akademiyasiga oʻqishga kirish istagida boʻlganlarni jalb qilish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida Qurolli kuchlar harbiy tibbiyot Akademiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda akademiyaning harbiy terapiya va toksikalogiya kafedrasi boshlig’i, tibbiyot xizmatchisi, podpolkovnik Akram Nurmurodov, leytenant Mamarasul Sulaymonov, Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand harbiy prokuraturasi vakillari hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash ishi fakulteti 5 kurs talabalari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvda yigʻilganlar harbiy tibbiyot akademiyasi faoliyati hamda muassasada o'qish tartiblari va yo'nalishlari haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldilar. Tadbirda so’z olganlar Qurolli Kuchlarimiz tashkil topgan kundan boshlab bugungi kunga qadar amalga oshirilayotgan islohotlar, muddatli harbiy xizmatga borish va ishga qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari haqida ta'kidlab o'tdilar.

  Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.


SamDTU matbuot xizmati