Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Istiqbol” mahallasi bolajonlariga bayram sovgʻalari topshirildi

  Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy qilingan “mahallabay” tizimi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi va xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham muntazam ravishda viloyat mahallalari bilan aloqalarni oʻrnatib, turli tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlarni tashkil etib kelmoqda.

  22-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining Farmatsiya fakulteti jamoasi va talabalari Samarqand shahar “Istiqbol” mahallasida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar va nogironlar istiqomat qiluvchi xonadonlarga tashrif buyurib kirib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan tabriklash uchun tashrif buyurdilar. Universitet vakillari bolalarga oʻzlarining yaxshi tilaklarini bildirib bayram sovgʻalarini topshirdilar.

  Mahalla ahli tashrif buyurganlar nomidan Universitet rahbariyatiga oʻzlarining samimiy minnatdorchiliklarini izhor etdilar.



SamDTU matbuot xizmati