Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

"​Mehr-muruvvatli boʻlaylik" shiori ostida maxsus-maktabda uchrashuv

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakulteti xodimlari va fakultet talabalari “3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Mehr muruvvatli boʻlaylik” shiori ostida Samarqand shahar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son maxsus maktab muassisiga tashrif buyurib, tarbiyalanayotgan oʻquvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

  Tashrif davomida universitet vakillari 1-son maxsus maktabda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ularni hayoti, orzu-istaklari haqida suhbatlar uyushtirdilar. Uchrashuv soʻngida maktab tarbiyalanuvchilariga universitetimiz xodimlari va talabalarining esdalik sovgʻalari topshirildi.

  1-son maxsus maktab maʼmuriyati tomonidan tashkil qilingan tadbir uchun universitetimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirildi.



SamDTU matbuot xizmati