Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​SamDTU talabalari xalqaro olimpiada gʻoliblariga aylandilar

      2022-yilning 30-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Tibbiyot mohirlari” II xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda turli mamlakatlardan tibbiyot muassasalari talabalari ishtirok etdilar. Shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari ham olimpiadada ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.

      Xalqaro olimpiadada D.Q.Xolmurodoa boshchiligidagi SamDTU jamoasi: Ikromova Amiraxon, Ibragimov Sardorbek,Isomiddinova Sohiba, Hakimboyev Jaloliddin, Ochilov Yoqub, Boboqulov Samoyiddin, Rayimjanova Kamillalar faol ishtirok etib faxrli 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.

      Xususan:

      Tibbiy-pedagogika fakulteti 5-kurs talabasi Hakimboev Jaloliddin Nevrologiya yoʻnalishida 3-oʻrinni,

      Pediatriya fakulteti 4-kurs talabasi Ochilov Yoqubjon Ixtisoslashtirilgan Jarrohlik yoʻnalishida 3-oʻrinni

      Davolash ishi fakulteti 4-kurs talabasi Boboqulov Samoyiddin Terapiya yoʻnalishida 2-oʻrinni

      Davolash ishi fakulteti 5-kurs talabasi Rayimjanova Kamilla Reproduktiv salomatlik va pediatriya yoʻnalishida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

      Talabalarimizning Xalqaro miqyosdagi “Tibbiyot mohirlari” olimpiadasida erishgan katta gʻalabalari SamDTU uchun muhim ahamiyatga molik voqea boʻldi. Bu kabi yutuqlar talabalarimizga yanada yangicha kuch, gʻayrat va maqsadlar uygʻotadi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan barcha talabalarni tabriklab qolamiz!


    SamDTU Matbuot xizmati