Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​TTJda “Oʻzbekiston kelajagi yoshlar qoʻlida!” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi

  24-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son talabalar turar joyida farmatsiya fakulteti tibbiy kimyo kafedrasi tomonidan “Oʻzbekiston kelajagi yoshlar qoʻlida” mavzusida abadiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi.

  Adabiy kechada Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining sambo boʻyicha bosh treneri Oʻktam Haydarov, OʻzLiDePning Samarqand viloyat kengashi boʻlim rahbari Marhabo Choʻliyeva, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zuhrabegim Eshonqulova, Oʻzbekiston ayollar va qizlar uyushmasi Samarqand boʻlimi rahbari Fotima Botirova, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Zarina Djunaidova, Iroda Shamsiyeva, Shaxzoda Ismoilovalar ishtirok etishdi.

  Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Mehmonlar yosh avlodni vaqtni bekor oʻtkazmaslikka, yetuk mutaxassis boʻlishga, hayot yoʻlida sabr-toqatli va intiluvchan boʻlishga chaqirdilar hamda oʻzlarini tajribalaridan hayotiy misollar keltirib oʻtdilar.

  Uchrashuv sermazmun va faol qatnashuvchalik ruhida olib borildi.






SamDTU matbuot xizmati