Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Shaxmat va shashka boʻyicha “Rektor Kubogi”ga start berildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talaba yoshlarni sogʻlom hayot tarzi hamda sportga jalb qilish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida, Sport klub tashabbusi bilan talablar oʻrtasida shaxmat hamda shashka sport turlari boʻyicha “Rektor Kubogi” bellashuvlariga start berildi.

  Mazkur musobaqalarda barcha fakultetlardan jami 500 nafarga yaqin talabalar kuch sinashmoqdalar. Musobaqalar yakunida gʻoliblarni qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlash koʻzda tutilgan.

SamDTU matbuot xizmati