Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Maktab oʻquvchilari SamDTU faoliyati bilan tanishdilar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti oliy taʼlim muassasasi oʻlaroq boshqa taʼlim muassasalari bilan doimiy ravishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyub kelmoqda. Xususan, universitet texnikumlar, litsey hamda maktablar bilan doimiy aloqa yuritib keladi. Kuni kecha 29-oktyabr sanasida Samarqand tumanidagi 25-umumtaʼlim maktab oʻquvchilari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.

  Maktab oʻquvchilari universitetning yangi oʻquv binosi, unda yaratilgan shart-sharoitlar, laboratoriya hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan dars xonalari bilan tanishdilar. Shuningdek, universitetdagi oʻquv tizimi hamda jarayonlari haqida atroflicha maʼlumotlarga ega boʻldilar.

  Tashrif davomida universitet tarixini oʻzida jamlagan muzeyga ham sayohat uyushtirildi. Mehmonlar muzey bilan tanishish barobarida SamDTUning tarixiy faoliyati bilan ham tanishdilar desak mubolagʻa boʻlmaydi.

  Samarqand tumani 25-maktab oʻquvchilarining Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrifi koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Tashrif maktab oʻquvchilariga yangi orzu va maqsadlar uygʻota olgan boʻlsa, ajab emas.



SamDTU Matbuot xizmati