Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUga Sankt-Peterburg (RF) delegatsiyasini tashrifi amalga oshirildi

  26-27 oktabr kunlari Samarqandda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Rossiya Uchinchi taʼlim forumida 200 nafardan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etdilar.

  Forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan Rossiyani bir qator oliygohlari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish borasida samarali muzokaralar olib borildi.

  Shu jumladan, 27 oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Sankt-Peterburg gubernatorining o'rinbosari Oleg Ergashev, Sogʻliqni saqlash boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari Aleksey Tereshin, Sankt-Peterburg shahar tashqi aloqalar qoʻmitasining MDH mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi mintaqalari boʻyicha boshqarmasi boʻlim boshligʻi Tatyana Mudrova, Sankt-Peterburg gubernatori o'rinbosarining maslahatchisi Irina Xoxolevalar, Sankt-Peterburg Sogʻliqni saqlash qoʻmitasining neontologiya boʻyicha bosh mutaxassisi Yuliya Gorelik, Sogʻliqni saqlash qoʻmitasining bosh mutaxassisi bolalar kardiojarrohi, Sankt-Peterburg shahri bolalar koʻp tarmoqli klinik ixtisoslashtirilgan markazi kardiojarrohlik boʻlimi mudiri­, tibbiyot fanlari doktori, professor Ruben Movsesyan hamda Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori t.f.d., professor Vasiliy Oryoldan iborat delegatsiya kutib olindi.

  SamDTU rektori professor Jasur Rizayev bilan iliq uchrashuv davomida ilmiy va davolash sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va hamkorlik memorandumini imzolash haqida kelishib olindi.


SamDTU matbuot xizmati