Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqandda "Oliy ta'lim muassasalarida ta'limni raqamlashtirish” seminar-treningi bo'lib o'tdi

  Bugun "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida respublikamizni barcha oliy ta'lim muassasalari Raqamli ta'lim texnologiyalari markazlari boshliqlari ishtirokida “Oliy ta'lim muassasalarida ta'limni raqamlashtirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev raisligida olib borildi.

   Seminar-trening davomida Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshliqlari tomonidan "Talimni raqamlashtirish" bo'yicha bir qancha takliflar muhokama qilindi. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi tomonidan "Ta'limni raqamlashtirish" bo'yicha amalga oshirilgan ishlari misolida ko'rib chiqildi. Jumladan, Universitetni:

  • Zamonaviy universitet rasmiy veb sayti;
  • HEMIS tizimi bilan integrallashgan elektron Moodle platformasi;
  • Universitet jurnallari sayti;
  • Integrallashgan elektron kutubxona sayti;
  • OneID bilan integrallashgan Interaktiv xizmatlar sayti;
  • Universitet Elektron hujjat aylanish tizimi (Edoc);
  • Universitet veb sayti bilan integrallashgan rasmiy Mobil ilovasi (Android, iOS);
  • Elektron kutubxona sayti bilan integrallashgan SamDTU Books Mobil ilovasi (Android, iOS);
  • sammu.uz SMS xizmati;
  • Universitet rasmiy veb sayti hamda Elektron hujjatlar aylanish tizmini bilan integrallashgan @sammi_education_bot xizmati;
  • Modiy texnik bazasi hamda Internet xizmatlari namunali deb ko'rsatildi.

  Shu o'rinda, Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev tomonidan boshqa Oliy ta'lim muassasalarida ham "Talimni raqamlashtirish" bo'yicha SamDTU tajribasidan foydalanishi hamda keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida OneID bilan integratsiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.