Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Universitet sport musobaqalarining gʻoliblari taqdirlandilar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va targʻib qilish maqsadida “Kasaba uyushmalari” va “Tibbiyot xodimlari” kunlariga bagʻishlab erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida “mini-futbol” va “shaxmat” boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazildi.

  Universitet fakultetlari, kafedralar hamda akademik litsey xodimlaridan iborat 16 ta jamoa oʻrtasida mini-futbol musobaqalari oʻtkazildi.

  Final oʻyinida universitet rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi universitet maʼmuriyatini vakillari ishtirok etdilar.

  Oʻtkazilgan keskin bellashuv natijasida 1-oʻrinni Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi akademik litsey jamoasi, 2-oʻrinni 2-son davolash fakulteti jamoasi, 3-oʻrinni universitet buxgalteriya jamoasi egalladi.

  Gʻolib jamoalar aʼzolariga ajoyib oʻyin uchun minnatdorchilik bildirildi, diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

  Shuningdek, universitetning erkaklar va ayollar jamoalari aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha musobaqa gʻoliblari ham diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari va talabalari oʻrtasida sogʻlomlashtirishga qaratilgan sport musobaqalarini oʻtkazish muntazam ravishda davom ettiriladi.




SamDTU matbuot xizmati