Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​«Psixiatriya, nevrologiya, neyroxirurgiya va reabilitatsiya: integratsiya qirralari» Xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi

      2022-yil 14-15-oktabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Psixiatriya, nevrologiya, neyroxirurgiya va reabilitatsiya: integratsiya qirralari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

      Xalqaro anjumanning ochilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti rektori Valentin Pavlov, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi rektori Aleksey Shklyaev, I.Kant nomidagi Boltiqbo‘yi federal universiteti rektori Aleksandr Fedorov va boshqa mehmonlar va ishtirokchilar Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan xalqaro forumlarning o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni kengaytirish va klinik tibbiyotga nazariy ishlanmalarni joriy etish borasidagi ahamiyatini ta’kidlab, konferensiya barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyatli taqdimotlar tiladilar.

      Anjumanning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Samarqand turizm markazi o‘rtasida tantanali ravishda hamkorlik memorandumi imzolandi.

      Yalpi majlisdagi ma’ruzalaridan so‘ng xalqaro konferensiyaning asosiy ishi 5 ta sho‘ba yig‘ilishlarida davom etildi. Unda ishtirokchilarni “Tibbiy reabilitatsiyani rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari”, “Psixiatriya yordamini tashkil etishning dolzarb masalalari”, “Nevrologiya: nazariyadan amaliyotga”, “Sport tibbiyotini rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari va istiqbollari”, “Neyroxirurgiyada reabilitatsiya: zamonaviy amaliyot va rivojlanish istiqbollari”, shuningdek, “Yosh olimlar” maxsus yig‘ilishi va yosh olimlar tanlovida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Konferensiya materiallari Biomedicine and Practice xalqaro jurnalining maxsus sonida chop etildi.

      Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan “Psixiatriya, nevrologiya, neyroxirurgiya va reabilitatsiya: integratsiya qirralari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya psixiatriya, nevrologiya, neyroxirurgiya fanlarini rivojiga, iqtidorli yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etishga, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarida klinik fanlarni o‘qitish sifatini oshirishga, shuningdek, amaliy sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga o‘zini salmoqli hissasini qo‘shadi.




    SamDTU matbuot xizmati