Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Paxtachi Jamoat salomatligi texnikumi bilan integratsiya yoʻlga qoʻyildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bilan ishlan boʻyicha prorektor Aziz Kubayev boshchiligida bir guruh professor-oʻqtuvchilar Paxtachi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrifni amalga oshirdi.

  Texnikum bilan aloqalarni mustahkamlash, yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida davolash fakulteti 2-son xirurgik kasalliklari kafedrasi professor-oʻqtuvchilari tomonidan ochiq darslar, master-klasslar, oʻquvchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

  Mehnat bozoriga raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida texnikum maʼmuriyati bilan bu kabi ishlarni muntazam ravishda oʻtkazish hamda barcha sohalarda yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati