Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami boʻlib oʻtdi

  Bugun 5 oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tantanalarda universitetning rahbariyati, dekanlar, professor-oʻqtuvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

  Bayram tadbirida universitet rektori Jasur Rizayev tomonidan oliygohni ustini va yuragi boʻlgan professor-oʻqituvchilar sharafiga iliq gaplar aytilib faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari ulashildi. Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqandda boʻlib oʻtgan Sammitida koʻrsatilgan fidoyi mehnatlari evaziga, universitet rektori Jasur Rizayevga oʻquv ishlar prorektori Nargiza Yarmuxammedova tomonidan esdalik sovgʻa hamda tashakkurnoma topshirildi.

  Universitet talabalari tomonidan “Renessans” nomli sahna koʻrinishi taqdim etildi. Sahna koʻrinishida buyuk ajdodlarimiz siymolari, shu jumladan Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahodir Yalangtushlarning yaratilgan ajoyib obrazlari mahorat bilan ijro etilib bayram ishtirokchilari tomonidan joʻshqin qarsaklar bilan kutib olindi.




SamDTU matbuot xizmati