SamDTUda “Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida xorijiy tillarni oʻrganishda motivatsiyani shakllantirish” xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
2022-yil 22-
Xalqaro anjumanning ochilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhom Toʻxtasinov, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti birinchi prorektori
Yalpi majlisdan soʻng xalqaro ilmiy forumning asosiy ishi “Tibbiyot universitetida chet tili: oʻqitishning optimal modellari”, “Rus va oʻzbek tillarini oʻqitishga innovatsion yondashuv va tillarni oʻqitish strategiyasini takomillashtirish”, “Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida lotin tilini kasbiy yoʻnaltirilgan oʻqitish nazariyasi va amaliyoti” kabi
Xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi, rus tilini chet tili sifatida oʻqitishning yangi usullari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida lotin tili va tibbiyot terminologiyasi, chet tillarini oʻrganishda motivatsiyani shakllantirish, shuningdek, umumiy tilshunoslik, klassik filologik anʼana va uni oʻrganish muammolariga yondashuvlar kabi dolzarb mavzularga doir chiqishlar ishtirokchilarning katta qiziqishlarini uygʻotdi. Maʼruzalar qizgʻin muhokama va fikr almashuvi bilan kechdi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan oʻtkazilayotgan “Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida chet tillarini oʻrganishda motivatsiyani shakllantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, oʻquv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, oliy oʻquv yurtlarimizni xorijiy mamlakatlarning universitetlari va ilmiy-amaliy markazlari bilan xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga bejiz xizmat qiladi.












