Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Urgut umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari bilan maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari yosh avlodni bebaho maʼnaviy merosimiz bilan tanishtirish, zamonaviy ilmu-fan yutuqlaridan xabardor qilish maqsadida umumtaʼlim maktab oʻqiuvchilari uchun muntazam ravishda turli maʼrifiy uchrashuvlarini oʻtkazib kelinmoqdalar. Shu kabi maʼrifiy uchrashuv Samarqand viloyati Urgut tumani 7-son umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun oʻtkazildi. Bundan tashqari uchrashuvda mahalla faollari, yoshlar yetakchilari, maktab oʻqituvchilari ham faol ishtirok etdilar.

  Tadbirning ochilishida SamDTU tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d., dos. Dilafruz Xolmurodova va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dos. Gulnoza Samiyeva oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan tabriklab mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar borasida toʻxtalib, ularni doimo ilm olishda astoydil mehnat qilib, oʻz ustilarida ishlashishi, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilgan Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek bobolarimizning tarixi va faoliyatini mukammal oʻrganishlarini taʼkidlab oʻtdilar. Universitetni farmatsiya fakultetini talabasi Asliddin Akbarov tomonidan “Tabobat va tibbiyot otasi Ibn Sino izdoshlari” mavzusida “Tib qonunlari” asarining taqdimotini oʻtkazdi. Unda jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk siymolarimizdan boʻlgan qomusiy va ensiklopedist olim, tabobat ilmini sultoni Abu Ali Ibn Sino hayoti va ijod yoʻli, shoh asarlaridan hisoblangan “Tib qonunlari” da keltirilgan kasalliklar, tabobat va dorishunoslik, ilmlari toʻgʻrisida mufassal bayon qilindi.

  Taqdimot maktab maʼmuriyati va oʻquvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, savol-javob va muhokamalarga boy boʻldi hamda erkin muloqot tarzida yakunlandi.

  Tadbir soʻngida 25 nafar faol oʻquvchilar kitob toʻplamlari bilan taqdirlandilar.




SamDTU matbuot xizmati