Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​SamDTU talaba-yoshlari “O’zbekiston Respublikasi DXX Kubogi” sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

  16-22 iyun kunlari jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida Samarqand viloyati oliy ta’lim muasassalari o‘rtasida sportning basketbol, boleybol, gandbol, mini futbol turlari bo’yicha “O’zbekiston Respublikasi Davlat xafsizlik xizmati Kubogi” sport musobaqalari o’tkazildi.

  Mazkur sport musobaqalarida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari turli sport turlarida faol qatnashib qo’yidagi sovrinli o’rinlarni egallashdilar:

Basketbol sport turi bo’yicha 2-o’rin;

Voleybol sport turi bo’yicha 2- o’rin;

Gandbol sport turi bo’yicha 4- o’rin;

Mini-futbol sport turi bo’yicha 1-o’rin.

  Universitet jamoa vakillarini tabriklaymiz va yangi omadlar tilab qolamiz!


SamDTU matbuot xizmati