Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​SamDTU professor-oʻqituvchilari viloyat tumanlarida tibbiy koʻriklar va mahorat darslari oʻtkazmoqda

  18-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son otorinolaringologiya, DKTF akusherlik va ginekologiya, nevrologiya, endokrinologiya, oftalmologiya, 1-son ichki kasalliklar, urologiya, 1-son xirurgik kasalliklar kafedralari professor-oʻqituvchilari Urgut tumani “Tegirmonboshi” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun tibbiy koʻrik hamda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazdilar.

  Tibbiy koʻriklar samaradorligini oshirish maqsadida koʻriklar “uyma-uy” tarzida ham oʻtkazildi va mahallarda sogʻlom turmush tarzini qanday olib borish borasida targʻibot bukletlari ham tarqatildi, natijada birgina mazkur mahallada 350 dan ortiq aholi koʻrikdan oʻtkazildi.

  SamDTU DKTF Travmatologiya va ortopediya kurs mudiri A.B. Tilyakov va onkologiya kafedrasi dotsenti M.N.Karimova tomonidan kuni viloyat chekka hududlaridan hisoblanadigan Nurobod tuman tibbiyot birlashmasida mahorat darslari va tibbiy koʻrik tashkil qilindi. Nurobod tumanida onkonazoratda turgan bemorlarga konsultativ, nazariy va amaliy yordamlar hamda maslahatlar berib oʻtildi.

  Shuningdek, 3-son pediatriya va tibbiy genetika kafedrasi mudiri L.A.Muxamadiyeva va assistent S.F.Kuldashev Narpay tumanida boʻlib, TTBda vrachlar malakasini oshirish maqsadida “Bolalarni toʻgʻri ovqatlantirish”, “Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish” mavzularida maʼruzalar va mahorat darslari oʻtkazildi. Shuningdek, kafedrasi assistenti S.F.Kuldashev bemorlarni koʻzdan kechirib, tibbiy maslahatlar berdi.

  Universitet boshqa kafedralari professor-oʻqituvchilari tomonidan ham Samarqand viloyatining boshqa hududlarida oʻtkazilayotgan koʻriklar natijasida 5000 dan ortiq aholi vakillariga kerakli tavsiyalar va viloyat markaziy shifoxonalariga yoʻllanmalar berildi.


SamDTU matbuot xizmati