Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda yangi kitoblar taqdimotini ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

  10-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Kitob ilm-u donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir” ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada universitet maʼmuriyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va universitet talabalari hamda respublika tibbiy oliy taʼlim muassasalari olimlari va talabalari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

  Konferensiya maqsadi yoshlarning bilim olishda ustozlar koʻmagida tanlagan kasb yoki ilmiy sohaning rivojlanishida va oʻz sohasiga oid kitoblardan foydalanib kasbini puxta egallashi boʻldi.

  Konferensiyani Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor J.A.Rizayev ochib berib kitoblarni yoshlarni yetuk mutaxassis etib shakllanishidagi oʻrni va ahamiyati, oliygoh professor-oʻqituvchilar tomonidan chop qilinayotgan oʻquv adabiyotlarning dolzarbligi va har bir chiqadigan ilmiy asar Universitetni dunyoga nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

  Konferensiyada Axborot-resurs markazi direktori D.Mansurova markaz haqida, oʻquv yili davomida oʻqituvchilar tomonidan yaratilib ARMga topshirgan adabiyotlar haqida maʼlumot berdi. Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan 26 ta eng yangi zamonaviy darslik, oʻquv qoʻllanmalar hamda monografiyalar taqdimoti mualliflar tomonidan oʻtkazildi.

  Tadbir doirasida kitobxon talabalar va uchun kitob-savdo yarmarkasi ham tashkil etildi.

  Mualliflar va talabalar oʻrtasida qiziqarli savol-javoblar boʻldi. Anjuman mualliflarning kitoblari respublikada boʻyicha taqdim etilgani juda maʼqul kelib, kelgusida yana shunaqa tadbirlar oʻtkazilishi kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati